Рекомендуем
Chimildiqda birinchi kecha
Har bir ayol va erkakning hayotida yuz beradigan birinchi jisniy aloqa aynan chimildiq eshiklari ortida bo`lishini o`zbekchiligimiz, madaniyatimiz, urf-odatimiz va dinimiz taqazo etadi. Aslida chimilqiqqa kirish bahtiga erishganlar bor, erishmaganlar ham bor. Chimildiqdagi birinchi kechani imkon boricha ijobiy tomondan esda qolarlik qilib o`tkazish foydadan xoli bo`lmaydi.

Birinchidan, yangalar kutib o`tirgan bo`lishidan qat`iy nazar shoshilmang. Axir bu sizning hayotingiz, sizning turmush o`rtog`ingiz bilan birgalikda qo`yayotgan birinchi qadamlaringizdir. Oldingizda axir butun tun. Shoshib-pishib harakat qilishdan hech kim yutmaydi. To`y yumushlaridan charchagan yangalar mazza qilib uxlab oladi, xolos.

Ikkinchidan, chimildiqqa kirishingiz bilan aloqaga kirishmang. Erkak ham, ayol ham bunga ruhan tayyor bo`lishi kerak. O`zbekchilikdagi urf-odatlarga ko`ra ko`pincha bo`lajak er-xotin bir-biri bilan sovchilar yordamida tanishib turmush quradilar, bunda er-xotin bir-birini deyarli tanimagan bo`ladi. Shuning uchun chimildiq ichida bir-biringizga ruhan yaqinlashib, ana undan keyin jismoniy yaqinlashishni boshlasangiz bo`ladi.

Uchinchidan, ruhiy yaqinlashuv vujudga kelishi uchun, bir-biringiz bilan romantik mavzuda gaplashing. Ayol juda qo`rqayogan bo`lsa, erkak uni o`ziga ishontirish maqsadida ko`nglini ko`tarishi lozim. Erkak qattiq asabiylashayotgan bo`lsa, ayol unga mehribonroq bo`lib, tajanglik qilmasligi darkor.

To`rtinchidan, birinchi jinsiy aloqa keyingi aloqalar uchun muhim poydevordir. U qanchalik ruhan yoqimli o`tsa, shunchalik er-xotin orasidagi keyingi jinsiy munosabatlar yaxshi va ravon bo`ladi. Albatta, ayol uchun birinchi jinsiy aloqa jismonan yoqimli bo`lmasligi mumkin, lekin u aynan shu kuni birinchi bor erining mehrini, unga bo`lgan hurmatini, insonni qadrlay olish qobiliyatini va muhabbatini his eta oladi.

Beshinchidan, aloqaning maqsadi yangalarni xursand qilish emas, balki bir-biringizni xursand qilish ekanligi haqida unutmang.

Oltinchidan, chimildiq ilohiy bir joy bo`lgani uchun, unda har xil nojo`yi soz`lar ishlatish, haqorat va janjal chiqishidan ehtiyot bo`ling.

Yettinchidan, chimildiqqa birov kirishiga yo`l qo`ymang. Chimildiq faqat siz va turmush o`rtog`ingiz uchun yaratilgan joy.

Sakkizinchidan, qo`shilib bo`lgandan so`ng, albatta, bir-biringizga minnatdorchilik bildirish haqida unutmang. Ayol kishi uyalgani bilan, uning tabassumidan yoki keyinchalik eriga k`orsatayotgan mehridan minnatdorchiligini bilib olsa bo`ladi.

To`qqizinchidan, ayol uchun birinchi aloqa tajribasi uning keyinchalik aloqadan lazzatlana olish qobiliyatiga juda ta`sir qiladi. Ayolda qo`shilishga yoki turmush o`rtog`iga nisbatan nafrat uyg`onmasligi uchun erkak ma`suliyatlidir.

O`ninchidan, ota-onangiz duolari bilan sizga chimildiqqa kirish nasib aylagani uchun Hudoimga shkuronalar aytishni unutmang.
Комментарии: 0
Добавил: Sistema (25.12.2018 / 18:55)
Прочтений: 82
» Birinchi marta...
Библиотека
Похожие рассказы:
© 77ERO.RU 2016-2018